Wake-up loyihasi (saytda — wakeup.uz, mobil ilova — Wake-up; bundan keyin "biz") foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini ushbu siyosat asosida qayta ishlaydi.
Yig'iladigan ma'lumotlar
Tizimga kirganingizda Telegram'dan quyidagi ma'lumotlar olinadi: Telegram ID, ism, familiya, foydalanuvchi nomi (username) va profil rasmi. Telefon raqamingizni ixtiyoriy ravishda kiritsangiz, u ham saqlanadi. Suhbatlardagi xabarlaringiz, reaksiyalaringiz va o'qish belgilaringiz xizmat ishlashi uchun saqlanadi.
Ma'lumotlardan foydalanish
Ma'lumotlar identifikatsiya, guruhdagi a'zolikni boshqarish, suhbatlarni real vaqtda ko'rsatish, statistika hisoblash va sizni tanish uchun ishlatiladi. Reklama maqsadlarida foydalanilmaydi.
Uchinchi tomonlar
Sizning ma'lumotlaringiz uchinchi tomonlarga sotilmaydi yoki ulashilmaydi. Avatarlar Telegram CDN orqali server tomondan oraliq vositachilik orqali ko'rsatiladi. Push notifikatsiyalar Google Firebase Cloud Messaging orqali yuboriladi (faqat sizning qurilmangizga).
Xavfsizlik
Ma'lumotlar HTTPS orqali shifrlangan holatda yuboriladi. Avtorizatsiya ma'lumotlari (sessiya tokenlari) qurilmaning Keychain (iOS) yoki EncryptedSharedPreferences (Android) ichida saqlanadi.
Sizning huquqlaringiz
Akkauntingizni va u bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun adminwakeupuz@gmail.com elektron pochtasiga murojaat qiling.
Aloqa
Savol va takliflar: adminwakeupuz@gmail.com